“Madaniyat ta’limi” jurnalining 2026-yil 2-soni e’lon qilindi
“Madaniyat ta’limi markazi” davlat muassasasining “Madaniyat ta’limi” jurnalining 2026-yildagi 2-soni e’lon qilindi.
Jurnalning navbatdagi sonidan madaniyat va san’at ta’limi sohasiga oid dolzarb mavzular, mutaxassislar, pedagoglar, tadqiqotchilar hamda ijodkorlarning maqolalari, ilmiy-tahliliy materiallari va uslubiy ishlanmalari o‘rin olgan.
“Madaniyat ta’limi” jurnali madaniyat va san’at ta’limini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda soha mutaxassislari o‘rtasida ilmiy-metodik fikr almashinuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Jurnalning 2026-yil 2-soni bilan quyidagi rasmiy havola orqali tanishishingiz mumkin:
Jurnalning rasmiy sayti: https://madaniyattalimi.uz/madaniyat/index
Jurnalning mazkur sonini tayyorlashda ishtirok etgan barcha mualliflar, tahririyat jamoasi va hamkorlarga minnatdorlik bildiramiz.

