PEDAGOG KADRLARNI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH VA BAHOLASH
Yangilangan:
Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish va baholash tizimi izchil takomillashtirib borilmoqda. Mazkur yo‘nalish ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy mahoratini muntazam baholab borish hamda ularni rag‘batlantirishda muhim аҳamiyat kasb etadi.
2025-yilda respublika bo‘yicha 8 190 nafar pedagog malaka sinovlarida ishtirok etdi. Natijada 6 158 nafar pedagogning malaka toifasi oshirildi.
2026-yilda esa mutaxassislik fanlari bo‘yicha 6 017 nafar pedagog uchun ijodiy va nazariy malaka sinovlari yangi tartib asosida tashkil etildi. Ushbu jarayonlar yakuniga ko‘ra, 5 811 nafar pedagogning malaka toifasi oshirildi.
Barcha attestatsiya va baholash jarayonlari raqamli platformalar orqali ochiqlik, shaffoflik hamda xolislik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda. Bu esa tizim samaradorligini oshirish, inson omilini kamaytirish va pedagoglar uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

