TA’LIM SIFATINI MONITORING QILISH
Yangilangan:
Ta’lim sifatini monitoring qilish Markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo‘nalish ta’lim jarayonlarining samaradorligini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga qaratilgan.
2025-yilda respublika bo‘yicha 73 ta ta’lim tashkiloti, 2 ta oliy ta’lim muassasasi, 2 ta malaka oshirish markazi hamda 174 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining faoliyati o‘rganildi.
Shuningdek, 2025-yil oktyabr oyida Markazning soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi o‘quv-tarbiya jarayonlari o‘rganildi. O‘rganish natijalari asosida tegishli taqdimnoma shakllantirilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etildi.
2026-yilda Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan monitoringlar davomida pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar tashkil etildi. Olingan natijalar tahlili asosida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan metodik qo‘llanma tayyorlandi.
Monitoring natijalari asosida ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirish hamda metodik yordamni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

