ILMIY-METODIK TA’MINOT VA TA’LIM STANDARTLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Yangilangan:
Markaz tomonidan madaniyat va san’at ta’limi tizimini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlash, ta’lim mazmunini takomillashtirish hamda yagona talablarni shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ilmiy-metodik kengash tomonidan 13 nomdagi o‘quv adabiyotlari ko‘rib chiqilib, shundan 12 tasi nashrga tavsiya etildi.
Madaniyat ta’limi sohasining malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan bolalar musiqa va san’at maktablari hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun davlat ta’lim talablari ishlab chiqildi. Mazkur talablar Ilmiy-metodik kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.
Davlat ta’lim talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-yanvardagi 3-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 22-avgustdagi 385-son buyrug‘i asosida 40 turdagi me’yoriy va o‘quv-pedagogik hujjatlarni elektron shaklda yuritish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

