Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar takomillashtirildi
Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish, ularni yuritishda yagona yondashuvni joriy etish hamda ish jarayonlarini maqbullashtirish maqsadida tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish ishlari tashkil etildi.
Mazkur ishlar doirasida Madaniyat ta’limi markazi tomonidan madaniyat va san’at ta’limi sohasining malakali mutaxassislaridan iborat Ishchi guruh shakllantirildi.
Ishchi guruh tomonidan ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarida yuritilishi lozim bo‘lgan me’yoriy hujjatlar ro‘yxati, ularni yuritish bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda tegishli shakllar ishlab chiqildi.
Ishlab chiqilgan hujjatlar ta’lim tashkilotlarida hujjatlarni yagona tartibda yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, ish jarayonlarini maqbullashtirish, hujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2026-yil 10-sentabrdagi “Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar ro‘yxati, ularni yuritish yo‘riqnomalari va shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 462-son buyrug‘i bilan tegishli me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi.

