“Ustozga ehtirom” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan “Ustozga ehtirom” nomli tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda ta’lim va madaniyat sohasida faoliyat yuritib kelayotgan ustoz va murabbiylarning fidokorona mehnati, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda madaniyat va san’at ta’limi taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.
Tantanali tadbir davomida sohada samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh fidoyi xodimlar munosib taqdirlandi.
Jumladan, Madaniyat ta’limi markazi Ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ta’lim sifatini oshirish bo‘limi boshlig‘i Elmirov Kamol Ortikovich O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak-nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu e’tirof Kamol Elmirovning madaniyat va san’at ta’limi rivojiga, ta’lim sifatini oshirishga hamda soha taraqqiyotiga qo‘shib kelayotgan munosib hissining e’tirofi bo‘ldi.
Madaniyat ta’limi markazi jamoasi Kamol Elmirovni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatida mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

