Madaniyat ta’limi markazining asosiy vazifalari:
madaniyat va san’at sohasidagi umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, professional va oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini metodik jihatdan muvofiqlashtirish;
mazkur ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha tahlillar va tavsiyalar ishlab chiqish;
respublikaning turli hududlarida istiqomat qilayotgan iste’dodli yoshlarni aniqlash, madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim tashkilotlariga maqsadli yo‘naltirish;
seleksiya asosida tayyorlash hamda ularning o‘z iqtidorini namoyon etish yo‘nalishlarining ilmiy va uslubiy asoslarini yaratish, amaliyotga tatbiq etish;
madaniyat va san’at ta’limini xorijiy ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish;
ta’lim bosqichlarida integratsiyalashgan ta’lim darajalarini berish, bilimni baholash hamda ta’lim sifatini nazorat qilishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
mehnat bozorining soha kadrlariga ehtiyoji va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish hamda davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qabul parametrlarini shakllantirish;
ta’lim oluvchilar va pedagoglarga qo‘yilgan malaka talablarini takomillashtirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash;
madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilg‘or shakllarini joriy qilish;
pedagoglarning kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish uchun shart-sharoitlar yaratish;
idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar davlat ta’lim tashkilotlarida madaniyat va san’at sohasidagi o‘quv-tarbiya jarayonlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish va tahlil qilish;
kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, professor-o‘qituvchilar tarkibini, ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish hamda xulosalar tayyorlash;
madaniyat va san’at ta’limi sohasini rivojlantirishga qaratilgan tahliliy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
ta’lim jarayonida jahon ilm-fani va texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish bo‘yicha ilmiy ishlanmalar tayyorlanishini tashkil etish;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining "Musiqa madaniyati" fani o‘quv dasturi va darsliklarini takomillashtirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, milliy va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan musiqiy to‘plamlar yaratish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
madaniyat va san’at ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda vakolatli davlat boshqaruvi organlari bilan madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim tashkilotlarida joriy etish;
Oxirgi yangilanish:

