XALQARO HAMKORLIK VA ILMIY-AMALIY TADBIRLAR
Yangilangan:
Markaz tomonidan madaniyat va san’at ta’limi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda mahalliy va xorijiy mutaxassislar o‘rtasida professional muloqotni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2025-yilda “Madaniyat va san’at ta’lim tashkilotlarida o‘qitishning zamonaviy metodlari: yutuqlar va muammolar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Shuningdek, 2025-yil 15-avgust kuni “Turkiston” saroyida ilk bor kengaytirilgan Avgust kengashi hamda Respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi.
2026-yil 18–20-may kunlari Toshkent shahrida “Musiqa ta’limi: jahon miqyosida yagona maydon sari” mavzusidagi yirik xalqaro forum tashkil etildi. Forum doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda “Open Air” gala-konserti o‘tkazildi.
Mazkur forumda 200 nafarga yaqin mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirok etib, musiqa ta’limining zamonaviy tendensiyalari, xalqaro tajriba va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

