RAHBAR KADRLAR SALOHIYATINI OSHIRISH
Yangilangan:
Markaz tomonidan ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv salohiyatini oshirish, istiqbolli mutaxassislarni aniqlash hamda rahbarlik lavozimlari uchun professional zaxira kadrlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2025-yilda rahbarlik lavozimlariga nomzod bo‘lgan 285 nafar mutaxassis suhbatdan o‘tkazilib, ularning 61 nafari tegishli lavozimlarga tavsiya etildi.
Rahbarlik salohiyatiga ega mutaxassislarni tizimli tayyorlash maqsadida 2026-yil 23-fevralda “Madaniyat ta’limi liderlari” klubi tashkil etildi. Klub doirasida boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy rahbarlik yondashuvlarini o‘rgatish va istiqbolli kadrlarni tayyorlashga qaratilgan o‘quv jarayonlari yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunga kelib “Madaniyat ta’limi liderlari” klubi doirasida tashkil etilgan o‘quv kursini 16 nafar soha mutaxassisi muvaffaqiyatli yakunladi.

