ILMIY-NASHRIY FAOLIYAT
Yangilangan:
Markaz tomonidan madaniyat va san’at ta’limi sohasida ilmiy-tadqiqot va nashriy faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda soha mutaxassislarining ilmiy-uslubiy salohiyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hisobot davrida ilmiy-nashriy faoliyat yangi bosqichga ko‘tarilib, “Madaniyat ta’limi” ilmiy-metodik jurnali ta’sis etildi.
Mazkur jurnal 2026-yil 26-may kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Jurnal orqali madaniyat va san’at ta’limi sohasidagi ilmiy izlanishlar, zamonaviy metodik yondashuvlar, ilg‘or pedagogik tajribalar hamda dolzarb ilmiy-amaliy masalalarni keng yoritish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, jurnal soha mutaxassislari, pedagoglar, tadqiqotchilar va yosh olimlar uchun ilmiy-uslubiy muloqot maydoni sifatida xizmat qiladi.

