MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Aziz yurtdoshlar!
Madaniyat ta’limi markazi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Mustaqillik — xalqimizning erkin va farovon hayoti, milliy qadriyatlarimiz, boy madaniy merosimiz hamda buyuk kelajagimizning mustahkam poydevoridir.
Bugun yurtimizda madaniyat va san’at ta’limini rivojlantirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, milliy san’atimiz va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash hamda kelajak avlodga munosib yetkazish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar barchamizga ulkan mas’uliyat va faxr bag‘ishlaydi.
Ushbu ulug‘ ayyomda xalqimizga tinchlik-xotirjamlik, har bir xonadonga fayzu baraka, mustahkam sog‘lik va farovonlik tilaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

