MARKAZ XODIMI “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI” ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyuldagi Farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan Madaniyat ta’limi markazining Kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiya jarayonlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Abduxakimov Ibodulla Boymurodovich taqdirlandi.
Mazkur yuksak e’tirof ularning madaniyat va ta’lim sohasi rivoji, kadrlar salohiyatini yuksaltirish hamda tizim taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan samarali mehnatlarining munosib e’tirofidir.
Madaniyat ta’limi markazi jamoasi nomidan Ibodulla Boymurodovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuq va zafarlar tilaymiz!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

