BOTIR ZOKIROV NOMIDAGI DAVLAT STIPENDIYASINING ILK G‘OLIBLARI ANIQLANDI
563
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Botir Zokirov memorial muzeyi faoliyatini samarali tashkil etish hamda Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 3-noyabrdagi 690-son qaroriga muvofiq Madaniyat vazirligi Ekspert guruhi tomonidan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining yig‘ma jildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash haqidagi tavsiyanomalari ko‘rib chiqildi.
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Ekspert guruhining tegishli qarori bilan quyidagi 6 nafar iqtidorli va ijodkor talabalar tegishli tanlov yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib deb topildi:
Mustarov Muzrob Sherzodovich – Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 4-kurs talabasi, Estrada xonandaligi;
Nazarov Akramjon Abdulxakim o‘g‘li – Farg‘ona davlat universiteti 3-kurs talabasi,
Vokal sanʼati (turlari boʻyicha);
Yermakova Melaniya Aleksandrovna – Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 3-kurs talabasi, Estrada cholgʻu ijrochiligi;
Erdashbaeva Sevara Shuxratovna – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali 4-kurs talabasi, Cholgʻu ijrochiligi (turlari boʻyicha);
Chamanova Gulshoda Abduraxmon qizi – Qarshi davlat universiteti 3-kurs talabasi,
Sanʼatshunoslik (musiqashunoslik);
Abdukarimov Javohir Sobirjon o‘g‘li – Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti 4-kurs talabasi, Texnogen sanʼat (musiqiy ovoz rejissorligi);
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasining sohibi guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan joriy yilning 20-avgustiga qadar tantanali ravishda topshiriladi.
Ulashish:

