USTOZ VA MURABBIYLAR — YUKSAK EHTIROM SOHIBLARI!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Madaniyat ta’limi markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Ustoz — yosh avlod qalbiga ilm, ma’rifat, ezgulik va yuksak qadriyatlarni singdiruvchi, uning kelajagini bunyod etuvchi ulug‘ kasb sohibidir. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz tufayli yosh avlod bilim va ko‘nikmalar bilan birga milliy qadriyatlar, san’at va madaniyatga hurmat ruhida tarbiyalanmoqda.
Ayniqsa, madaniyat va san’at ta’limi sohasida faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarning yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda milliy san’atimizning boy an’analarini kelgusi avlodlarga yetkazishdagi xizmatlari alohida e’tirofga loyiq.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat, kasbiy kamolot, ijodiy yutuqlar va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Shogirdlaringizning yutuqlari, kamoli va e’tirofi doimo sizlarga faxr va quvonch bag‘ishlasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!
Hurmat bilan,
Madaniyat ta’limi markazi jamoasi

