Milliy cholg‘ular ijrosiga bag‘ishlangan chellenjga qo‘shiling!
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat ta’limi markazi hamda “Milliy cholg‘u ijrochiligi” ijodiy birlashmasi tomonidan milliy cholg‘u ijrochiligini keng targ‘ib etish, yoshlar va keng jamoatchilikning milliy musiqa san’atiga qiziqishini oshirish maqsadida chellenj tashkil etilmoqda. Chellenjda ishtirok etish uchun o‘zingiz sevib tinglaydigan milliy kuylardan birini dutor cholg‘usida ijro etib, videoga oling va ijtimoiy tarmoqlarda ulashing.
Ishtirokchilar o‘z ijodiy yondashuvi orqali milliy cholg‘ularimizga bo‘lgan mehri va qiziqishini namoyon etishlari mumkin. Chellenj doirasida eng yaxshi ijodiy ishlar saralanib, ularning mualliflari tashkilotchilar tomonidan maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Milliy cholg‘ularda yangragan har bir kuy — xalqimizning boy tarixi, milliy an’analari va ma’naviy merosining ifodasidir.
Siz ham chellenjda faol ishtirok eting va milliy musiqa san’atini asrab-avaylash hamda keng targ‘ib etishga o‘z hissangizni qo‘shing!
Izoh: Chellenj uchun videoga olingan kontentni o'z sahifangizga joylab bo'lgach, uni bu yerga yuboring. Sifatli kontentlar vazirlikning ijtimoiy tarmoqlariga joylashtiriladi.
Eslatma: Chellenj joriy yilning 31-oktyabriga qadar davom etadi.

